Musofirning ro‘zasi
Assalomu alaykum! Men musofir yurtda ishlayman. Alloh qodir qilib ro‘za tutyabman, lekin ba’zida otam "tinmay mehnatdasizlar, qiyinchilik bo‘lsa tutmagin, men ota bo‘lib aytayapman, uzoq joydasan, Alloh nasib qilsa kelganingda tutaverasan” degan edilar. Men baribir ro‘zani tutayabman. Bir tarafda otamning so‘ziga quloq solmagan hisoblanib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz musofir yurtda bo‘lsangizda 15 kundan ko‘proq bir joyda turishni niyat qilganingiz uchun muqim hisoblanasiz va zimmangizga ro‘za tutish farzdir. Rosululloh sollallohu alayhi vasallam hadisi muboraklarida : “Allohga osiy bo‘ladigan o‘rinlarda maxluqqa itoat qilinmaydi” deganlar. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:45 | Savol-javoblar | 163 | Ibodatlar