Toshga sig‘inish emasmi?

Assalomu alaykum! Men Oqostona buva(Surxondaryo) ziyoratgohiga borgan edim. U erga kelgan ziyoratchilarning ba’zilari maqbara devoriga qo‘llarini surtib, yuzlariga artib, atrofida (xuddi tavof singari) aylanishmoqda va maqbara ichida ham qo‘yilgan toshlar bilan ham shu holat. Shu ish to‘g‘rimi? Ziyoratgohlarning birida ko‘zim bir holatga tushdi. Unda ziyoratchilar maqbara devorini kichik qilib teshib, u erga toshcha solishmoqda. Sababini so‘rasam, keyingi safar kelganlariga qadar tosh teshikda tursa niyatlari amalga oshar emish? Bu ishlari xato emasmikan? Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! "Izlash xizmati"dan foydalansangiz Ustozimiz rahimahulloh bu kabi savollarga ko‘p marta javob berganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:14 | Savol-javoblar | 159 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar