Ruslar bayrami

Assalomu alaykum! Kuni kecha 10-may kuni yurtimizdagi asosan rus millatiga mansub xristianlarning bayrami bo‘lib o‘tdi. Unda qabrlarni ziyorat qilish va boshqa ishlarni qilishadi. Ularning shu bayram kunini ba’zi musulmon o‘zbek birodarlarimiz “falon kuni yoki ertaga o‘rislarni «hayiti»” deb atashadi. Shu kunni hayit deb atab gunohkor bo‘lib qolishmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ularning bayramlarini o‘z nomlari bilan aytish afzal. Chunki bu narsa hozirgi kundagi kabi ba’zi bir munkar(nojoiz) ishlarni ma’ruf(joiz) ishlar safiga qo‘shilib ketishiga sabab bo‘ladi. Xuddi folbinlarni “qori aka, domla” deyishga o‘tib ketilganidek. Gunohkor bo‘lishmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 14:14 | Savol-javoblar | 186 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar