Oxirat to‘g‘risida aqiyda
Assalomu alaykum! Oyat va hadislarga ko‘ra, odam qancha gunohi kabira qilib yurgan bo‘lsa ham Alloh qabr, qiyomat va jahannam azobi bilan azoblamasligi mumkin ekan. Lekin xuddi shu amallariga azob ham berishi mumkin ekan. Keyin bir avliyo bandasi erishgan jannatdagi darajasiga, boshqa bitta undanda gunohkor bo‘lgan bandasini teng qilib qo‘yishiyam mumkin yoki amali ko‘p bo‘lgan bandasini qaysidir sabab do‘zaxga, amali kami qaysidir sabab rahmati bilan jannatga kigazishi ham mumkin. Chunki xech kim jannatga o‘z amali bilan loyiq emas. Shu aqiyda to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri. Shuning uchun hamma vaqt Allohning rahmati va fazlidan umidvor bo‘lib, toatida bardavom bo‘lish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 14:35 | Savol-javoblar | 137 | Aqiyda