Namozda qo‘lni quloq yumshog‘iga tekkizish
Hozir ko‘pchilik odamlar namozni boshlashda qo‘llarini quloqlariga tekkizishga harakat qilishadiyu lekin kaftlarini qiblaga qaratmay, balki yuzlariga qarab qoladi. Shu holatda namozga karohiyat etmaydimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=7306.0 Bu amallarning hujjatlari quyidagilar. Imom Muslim Voil ibn Hujrdan rivoyat qilgan hadisda u kishi, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning namozga kirishda takbir aytib qo‘llarini ko‘tarib quloqlari bilan bir safga keltirganlarini ko‘rgani aytilgan. Imom Ahmad, Ishoq ibn Rohovayh, Dora Qutniy va Tohoviylar Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon namoz o‘qisalar ikki qo‘llarini bosh barmoqlarini quloqlari barobariga ko‘tarar edilar», deyilgan. Imom al-Hokim va Dora Qutniylar Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni takbir aytib, ikki bosh barmoqlarini quloqlariga ko‘targanlarini ko‘rdim», deyilgan. Qo‘llarni ko‘tarilganda barmoqlar oddiy holatda tutilib ichki tarafi qiblaga qaratiladi. Ya’ni, barmoqlarning orasini o‘ta yozib ham yuborilmaydi yoki juftlab ham olinmaydi. Rasululloh sallollohu alayhi vasallamning namozlari haqidagi Termiziy Abu Hurayra roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda shu narsa ta’kidlangan.
26 May 2022, 17:01 | Savol-javoblar | 152 | Namoz