Ayol boshqaga turmushga chiqmoqchi bo‘lsa idda o‘tirishi kerakmi?

Bir qarindoshim boshiga tushgan ish. Ayol erining ichib kelib urishidan bezib, ota uyiga qaytib kelganiga olti oycha bo‘ldi. Endi eri bilan qayta yashagisi yo‘q, o‘rtada farzand ham yo‘q. O‘sha vaqtda eri taloq bermagan ekan, endi taloq beribdi. O‘sha ayol boshqaga turmushga chiqmoqchi bo‘lsa idda o‘tirishi kerakmi yoki idda o‘tirmay tegib ketaversa bo‘ladimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Taloq tushgandan boshlab idda o‘tiradi.

26 May 2022, 17:06 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar