Mamanazar va unga o‘xshaganlarni tartibga soladiganlar bormi?
Men kelin bo‘lib tushgan xonadon bid’atlarga, irim-sirimga juda berilgan. Qaynaopam Toshkentdagi Novomoskovskiy tarafda Mamanazar degan odamga dam soldirgani borgan. Qaynaopamning aytishicha, u kishi ham dam solib, ko‘ziga ko‘ringanini aytarkan va oxirida massaj qilarkan. Navbatda turgan yoshlar, ayolu erkaklardan tortib keksalargacha bor ekan. O‘sha Mamanazarga navbat etib kelguncha, qaynaopamni uning yordamchisi rus millatidagi bir kishi chaqirib, ichida nimanidir pichirlab dam solgan. Pichirlayotgan paytda qo‘li bilan qaynaopamni boshi, elkasi, ko‘kragi, soniga qo‘lini tekkazib, silab dam solibdi. Undan keyin Mamanazar dam solib, massaj qilibdi. Men qaynaopamga ular nomahram, qilayotgan ishlarining oqibati yomonligini tushuntirsamda, tushunishni xohlamadi. Men unga gapirish befoydaligini bilsam-da, ichimdagi borini aytdim. Mamanazar va unga o‘xshaganlarni tartibga soladiganlar bormi? Mahalla faollari nahotki bilishmasa? Boshqalarga ibrat deb yozdim, uzr ustoz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sizga rahmat! Boshqalarga ham aytish kerak. Bu katta gunohdir!
26 May 2022, 17:10 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Sizga rahmat! Boshqalarga ham aytish kerak. Bu katta gunohdir!
26 May 2022, 17:10 | Savol-javoblar | 151 | Turli savollar