Ruhiy tarbiya borasida

O‘zimdagi bundayin ruhiy zaiflik hususida. Allohga beadad shukrlar bo‘lsinki sizning va boshqa ulug‘ allomalarimizning dinimizga doir kitoblarini o‘qib bormoqdaman. Ayniqsa siz ta’lif qilgan "Ruhiy tarbiya" kitobini ikki bora o‘qib chiqdim. Lekin ming afsuslar bo‘lsinki o‘z ilmimga amal qilib ruhiy tarbiya ilmidagi tavsiyalarga amal qilish qiyin bo‘lmoqda. Dangasaligim tufayli ba’zida namozlarni ham qazo qilib qo‘ymoqdaman, Allohni zikr qilishda ham erinchoqlikka yo‘l qo‘yyapman. Albatta bu holatimdan o‘zimni qo‘yarga joy topolmayapman. “Ruhiy tarbiya” kitobingizni Imom G‘azzoliyning "Mukoshafat ul qulub" kabi kitoblarini qayta-qayta o‘qisam ham foyda bo‘lmayapti. Hazrat sizdan iltimos menga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatsangiz. Ba’zi holatlarda shu yurishimdan juda qattiq qo‘rqib ketaman. Sizning nasihatingizga juda muhtojman, mendagi bundayin tushunarsiz holdan qanday qilib qutilsa bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Doimo Alloh taoloni zikr qilib, tahorat bilan yuring.

26 May 2022, 17:31 | Savol-javoblar | 158 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar