Haj surasi 38-oyat haqida

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men har kech kirganda va tong otganda o‘qiladigan virdlarimga “Haj” surasining 38- "Albatta Alloh iymon keltirganlarni mudofaa qilur..." oyatini qo‘shib olganman. Bu oyatni o‘qisam, Alloh meni har xil balolardan mudofaa qiladi, degan o‘yda sevib o‘qiyman. Lekin bu ish na sunnat, na biror sahobiy qilmagan ish. Qaysidir kitobda Qur’on oyatlarini terib o‘qish mumkin emasligini o‘qiganman (nomi esimda yo‘q). Bu ishim bid’at emasmi? Shunday qilish mumkinmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh biz uchun sizni doimo sog‘ qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
O‘zicha qilish durust emas. Siz aytgan vaqtlarda o‘qiladigan duolar ma’lum va mashhur.

26 May 2022, 18:20 | Savol-javoblar | 149 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar