Voqea surasini takror qilish

Alhamdulillah, Alloh taolo menga “Voqea” surasini yod olishni nasib qilgan. Shu yod olganim yodimdan chiqib ketmasligi maqsadida imkon qadar takror qilib turaman. Hadisda kelgan va’dadan ham bahramand bo‘lish maqsadida “Voqea” surasining takrorini shomdan keyinga qoldiraman. Hazrat, har kuni shu zaylda ish tutsam, ham Qur’ondan bir surani unutib qo‘ymaslik niyatida takror qilgan bo‘lib, ham hadisda kelgan va’daga erishamanmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Albatta, shu zaylda ish tutsangiz, ham Qur’ondan bir surani unutib qo‘ymaslik niyatida takror qilgan bo‘lib, ham hadisda kelgan va’daga erishasiz.

26 May 2022, 18:33 | Savol-javoblar | 148 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar