Islomiy jamiyat

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Men siznig Tafsiri hilol, Hadis va Hayot kitoblaringizni o‘qiyman va doim o‘ylaymanki qaniydi er yuzidagi barcha insonlar Qur’on va hadis asosida yashashsa. Axir bu yagona yaratguvchi Alloh a. j. ning bandalari uchun tushirgan qonuniku? Hozirda masjidlarda va televideniyalarda demokratiyani maqtashib, Qur’onni esa faqat tilovat qilinmoqda. Mening savolim shundayki Moida surasining tafsirida “kimki Alloh nozil qilgan din bilan hukm qilmas ekan, ular kofirlardir” ma’nosini o‘qigandim. Demak biz kufrdamiz. Musulmonlarni terrorist, falonist deb yomonlashadi. O‘zini, ahli oilasini Haq taolo buyurganidek himoyalasa, Qur’onga bo‘yinsunsa, hadisga amal qilsa yomonlashadi. Kofirlar, musulmonlarni qirsa maqtashadi "terrordan himoya qildik" deb. Savol Musulmonlar kufrda yashashi kerakmi? Qur’onni tilovat qilamiz holosmi? Suriya,Iroq, Falastindagi muslimlarga yordam bersak bo‘ladimi yoki ular terrorchimi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Hammamiz, alhamdu lillah, musulmonmiz. Musulmonlar eng yaxshi insonlar. Alloh taolo ko‘rib, bilib turibdi.

26 May 2022, 18:41 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar