Taloq haqida muhim savol

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Bir ilmli odam taloq haqidagi savolga shunday javob bergandi: “Agar raj’iy taloq ya’ni 1 taloq qo‘ygan odam xotinining iddasi to‘lmay qo‘shilsa, nikoh shart emas, ammo bir idda muddati bo‘lgan 3 oy 10 kun bo‘lmasdan ayoli tug‘ib qo‘ysa, ya’ni taloqdan bir oy keyin raj’iy taloq o‘z o‘zidan boin taloqqa aylanadi, chunki homiladorning iddasi homilasini qo‘ymog‘idir, deb eshitganman” degandi. Shu to‘g‘rimi? Shunday holatda shar’iy hukm qandoq bo‘ladi? Javob uchun rahmat, salomat bo‘ling.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Iddaning muddati 3 oy 10 kun. Hayz ko‘radigan ayolning iddasi uch hayz ko‘rish. Eri o‘lgan ayolning iddasi to‘rt oy o‘n kun. Homilador ayolning iddasi bolasini tug‘ishi bilan chiqadi. Raj’iy taloq qilingan ayolning iddasi chiqqunigacha eri o‘ziga qaytarib olmasa, taloq boinga aylanadi.

26 May 2022, 18:52 | Savol-javoblar | 275 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar