Saytdagi ba’zi bir tushunmovchiliklar

Avvalo uzr so‘rayman. Hazrat ba’zan savol va javoblarda tushunmovchilik bo‘lyapti. Masalan bundan 1 yoki 2 yil avval “ramazonda suv havzalarida cho‘milishga mumkin” deb javob o‘qigan edim va shunga amal qilib yurgandim. Bu yil esa “mumkin emas” deb o‘qidim. Shunga o‘xshash savol Turkiyada ishlab chiqarilgan maxsi paypoq to‘g‘risida ham bo‘lgandi. Islom.uz saytidagi reklamadan ko‘rib olgan edik. Hozirda esa u maxsi paypoq namozga yaroqsiz deb eshitib saytdagi reklamani topa olmadik. Yana biri ayollarni sochini kraskada bo‘yash to‘g‘risidagi savolga admin tomonidan ko‘rsatilgan javobda mumkin deyilgan. Avval mumkin emas deb o‘qib, hatto savdo do‘konimizda ham sotmay qo‘ygan edik. Eng qizig‘i avval o‘qigan javoblarni topa olmayapmiz. Iltimos, bizni to‘g‘ri tushungan holatda shunga oydinlik kiritib bersangiz. Islom.uz saytiga g‘arazli kuchlar tomonidan har xil hujumlar bo‘layotganini eshitgan edik, yoki bu shularning ishimi? Savolda xatolar bo‘lgan bo‘lsa Xudo haqqi uzr so‘rayman. Allohdan sizga ulkan ajr so‘rayman.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Biz doimo, suv havzalarida cho‘milish mumkin emas, Turkiyada chiqqan maxsus javrabga mash tortsa bo‘ladi, deganmiz. Hozir ham shu gapda turibmiz. Turli odamlar aytgan gaplardan mas’ul emasmiz. Qaerda va qaysi matnni o‘qiganingizni aniq keltiring. Bizga tuhmat qilmang.

26 May 2022, 19:38 | Savol-javoblar | 161 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar