Olamdan o‘tgan kishiga Qur’on tilovat qilib bag‘ishlash

Ma’lumki, biror odam olamdan o‘tgandan so‘ng uni qabrga qo‘yib kelinadi va bu kishining yaqinlariga hamdardlik bildiriladi. Mayyitga savobi tegishligi uchun Qur’on tilovat qilinadi. Kuni kecha biz bilan bir mahallada turadigan bir odam Rossiyada olamdan o‘tib qolgan. Bu odamni yurtimizga olib kelish uchun ma’lum bir vaqt, aytaylik, 4-5 kun balki 10 kun ketadi. Lekin odamlar bu kishining uyiga kelib Qur’on tilovat qilib savobini u kishiga yo‘llamoqdalar. Meni so‘raydigan savolim shuki, mayyit qabrga qo‘yilgandan so‘ng Qur’on tilovat qilib bag‘ishlanadimi yoki olamdan o‘tgan vaqtdan boshlabmi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Qabrga qo‘yilganidan keyin.

26 May 2022, 20:06 | Savol-javoblar | 144 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar