Yangi kitoblar va qayta nashr qilinayotgan kitoblarning chiqishi

Alhamdulillah, yaqin yillardan beri sotuvga chiqqan har bir kitobingizni imkon qadar xarid qilib kelish bilan birga ularni bir boshdan o‘qib ham kelmoqdaman. Kitoblaringizning narxi juda ham arzon, alhamdulillah. Yangi kitoblaringiz chiqsa yoki eski kitoblar qayta nashr etilsa xursand bo‘lamiz albatta. Lekin xarid qila olmasam xafa bo‘laman. Biroz g‘alatiroq iltimosim bor edi, avvaldan uzr. So‘nggi vaqtlarda "Iymon", "Zikr ahlidan so‘rang-4", "Mazhab - birlik ramzi", "Rasululloh solallohu alayhi vasallam" nomli kitoblaringiz sotuvga chiqdi, albatta bundan xursandman. Ba’zisini xarid qildim, alhamdullilah, ammo qo‘l kaltalik qilib, hammasini olishga biroz qiynalib turibman. Shuning uchun iltimosim shuki, yangi kitoblar va eski kitoblarning qayta nashr etilishida orasida biroz vaqt tashlab nashr qilinsa, agar ma’qul bo‘lsa. Biz kabi kishilarga xarid qilishga qulay bo‘lardi inshaalloh. Alloh sizdan rozi bo‘lsin, kitoblaringiz to qiyomat qadar ummatga manfaatli xizmat qilsin!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Sizdan boshqa barcha kitobxonlar sizga qarab turishlari yaxshi emas. Imkoni borini oling, boshqasini keyin olasiz.

26 May 2022, 20:07 | Savol-javoblar | 147 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar