Namozda imomning maxfiy aytadiganlari

Assalomu alaykum muhtaram Shayx hazratlari! Aziz ustoz! Sizga bir tanishimning savollarini yo‘llamoqdaman. "Hadis va hayot"ning 5-kitobi (Namoz) 227-beti oxirida imomning 4 narsani maxfiy aytishi rivoyat etilgan. "Liman hamidah"ni ham maxfiy aytilishi bo‘yicha qishlog‘imizdagi namozxonlar o‘rtasida ayrim mulohazalar bo‘libdi. Kitobning davomida izohlar berilgan bo‘lsada, yaxshi tushuna olishmabdi. Sizdan iltimos, qimmatli vaqtingizni ayamay, shuni tushuntirib bersangiz. Alloh taolo tanu-sihat xotirjamligingizni ziyoda aylasin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ibn Abu Shayba Ibrohim an-Naxa’iydan qilgan rivoyatda Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu: «Imom to‘rt narsani: «a’uzu billahi», «bismillah», «liman hamida» va «omin»ni maxfiy aytadi», deganlar. Nimasi tushunarsiz bo‘lishi mumkin?

26 May 2022, 20:21 | Savol-javoblar | 147 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar