kafoat
Islom dinida kafoat necha xil bo‘ladi.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Kufu’ – tenglik masalasi Nikohda nasabdagi kafoat e’tiborga olinadi. Qurayshliklarning ba’zilari ba’zilariga tengdirlar. Arablarning ba’zilari ba’zilariga tengdirlar. Ajamlarda Islom e’tibor qilinadi. Ota-onasi islomda bo‘lgan ota-onasi islomdagiga tengdir. Otasi islomda bo‘lgan ota-onasi unda bo‘lganga emas. O‘zi musulmon bo‘lgan otasi ham musulmonga teng emas. Hurlik ham xuddi Islomga o‘xshaydi. Diyonatliligiga qarab ham bo‘ladi. Fosiq solih kishining qiziga teng bo‘la olmaydi. Molu mulkiga qarab ham bo‘ladi. Dastlab berilishi lozim bo‘lgan mahr va nafaqaga ojiz kuyov faqiyr qizga teng bo‘la olmaydi. Ikkisiga qodir shaxs boy qizga kufu’ bo‘ladi. Kasbu hunarga qarab ham bo‘ladi. Bas, to‘quvchi, qon oluvchi, farrosh yoki teri oshlovchi attorga yoki unga o‘xshashga kufu’ emas. Agar ayol kishi o‘ziga munosib mahrdan oziga nikohlanib olinsa, valiysi mahr tugal bo‘lishini yoki ajralishni so‘rab e’tiroz qilishi mumkin. Aslida, tenglik diynga qarab bo‘ladi. Musulmonlarning barchasi bir-birlariga tengdirlar. Abu Hind roziyallohu anhuning ismlari Yasor bo‘lib, Bani Bayoza qabilasida qul bo‘lgan edi. Kasbi qon olish edi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam unga boshlaridan qon oldirganlar. Shu bilan birga, Abu Hindning xojalari Bani Bayozliklarga u bilan qiz berib, qiz olish, quda-anda bo‘lishni maslahat berganlar. Fotima binti Qays roziyallohu anho Quraysh qabilasidan bo‘lsa ham Usoma ibn Zaydga–asli qul bo‘lgan kishiga tekkanlar. Bu ish Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning maslahatlari bilan bo‘lgan. Abdurrohman ibn Avf roziyallohu anhuning singillari Bilol ibn Raboh roziyallohu anhu bilan turmush qurganlar. Ammo jumhuri ulamolar nikohdagi kafoat–tenglikka diyndan boshqa, nikoh ayblaridan salomat bo‘lish, hurriyat, nasab va sinoatga o‘xshash narsalarni ham qo‘shadilar. Chunki, odatda ushbu omillarga e’tibor bermaslik ko‘pgina oilalarning buzilishiga sabab bo‘ladi. Lekin taraflar rozi bo‘lsa, nikoh joiz bo‘laveradi.
26 May 2022, 21:35 | Savol-javoblar | 178 | Turli savollar