Makruh istelohi haqida

Muhtaram shayh hazratlari! Barchaga malumki "Makruh" bizning mazhabda 2 qismga bulinadi. Makruhi tahrimiy va makruhi tanzihiy. Siz o‘z kitoblaringizda bizning hanafiy mazhabida makruhi tahrimiyni qisqacha qilib "Makruh" deyilishini yozgansiz. Ammo men boshqa yozganlarizni o‘qisam falon amal makruh deyilsa makruhi tanzihiyni nazarda tutayotganizni mulohaza qilaman. Masalan ro‘zadorning saqich chaynashi yoki zaiflashib qoladigan odamning qon oldirishi . . . kabilar. Falon amal harom deyilganda esa makruhi tahrimiyni tushunamiz. Masalan erkaklarga tilla va ipak istemoli. Menga hanafiylarda qisqacha makruh deb qo‘yaqolinadi degan ma’noni izohlab bersangiz. Tashakkur!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Makruhi tahrimiy (harom hisoblanadigan makruh). Shariat (ohod xabarlarda) qat’iy bo‘lmagan dalil ila tark qilishni jazm ila talab qilgan narsa makruhi tahrimiy bo‘ladi. Bunga birovning savdosi ustiga savdo qilish yoki sovchiligi ustiga sovchilik qilish, erkaklarning ipak yoki tillo iste’mol qilishi kabi ishlar misol bo‘ladi. Hanafiylarda makruhi tahrimiyni qisqa qilib «makruh» deb qo‘yiladi. Ularning nazdida makruhi tahrimiy haromga juda yaqin narsa hisoblanadi. Ammo uni inkor qilgan kishi kofir bo‘lmaydi. Makruhi tanzihiy (ozodalik makruhi). Shariat tark qilishni jazm bo‘lmagan va uqubat ta¬yin qilmagan holda talab qilgan narsa makruhi tanzihiydir. Bunga mushuk va yirtqich qushlar tekkan suvdan toharat qilish, sunnati muakkada ishlarni tark qilishlar misol bo‘ladi. Makruhi tanzihiyni tark qilgan odam savob oladi. Uni qilgan odam iqobga uchramasa ham, malomatga qoladi.

26 May 2022, 21:54 | Savol-javoblar | 184 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar