Ribo haqida

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar men chet elda salondan  kirakashlik qilish uchun kreditga moshina olganman. Bu erda hamma avto salonlar bank orqali ish qilishadi. Biz salon bilan bitta narx  foizsiz shartnoma qilganmiz, ya’ni  moshina narxi 25.500$ shu pulni shartnoma asosida 5 yilga oyma oy bo‘lib har oyda 425$ qilib to‘layman. Meni bu ishim ribo emasmi? Men bu moshinani 1,5 yillik pulini to‘lab bo‘ldim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! O‘sha siz aytgan shartnomada vaqtida to‘lamasang jarima(penya) to‘laysan degan sharti bor. Shu shart shariatimizga zid. Siz tezroq hamma pulini to‘lab qutiling. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 23:02 | Savol-javoblar | 157 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar