Savolim haqida

Menga mana bu manzilda yozgan javobingizni aniqlashtirmoqchiman yana. Beodobchilik uchun uzr so‘rayman: savollar. Islom. uz/savol-4275/ Men bu savol bergan odamning fikriga haqdorlik qilishdan yiroqman. Menimcha deb, bu odamning fikrini qanday tushunganimni aytdim xolos. Bu odamning asosiy savoli urib qolinayotgan 3 so‘m ribomasmi deyilyapti. Pul almashtirishga kelsak bu erda muammo yo‘q. Bu erda pul almashtirish ham bo‘lyapti. Lekin undan oldin u 30 so‘m evaziga 27 so‘m beryapti. Shu 27 so‘mni keyin $1ga almashtiryapti. Pul almashtirayotgan odam bo‘lmasa qaysi 3 so‘m to‘g‘risida so‘rayapti? Pul almashtirilganda uch so‘m urilmaydiku. Men oylagan narsa, boshqa odamlar ham bu javobni o‘qib, plastikdagi pulni dollarga almashtirgan paytda ozginasini (riboni) olib qolsa bo‘larkan degan hulosaga kelib qolishlari mumkinligi. Ustoz, haqimizga duo qiling, robbizning sevgisiga barchamizi erishtirsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
 Ribo olib qolishga ruxsat yo‘q. Bu erdagi 3 so‘m xizmat haqi. So‘ng ikki xil pulni almashtirganda ikki taraf rozi bo‘lsa, oz kamiga qaralmamydi.

26 May 2022, 23:03 | Savol-javoblar | 168 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar