Masbuq kishining hukmi
Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, olib borayotgan ishlaringizga rivoj tilayman. Ba’zan ba’zi bir sabablarga ko‘ra namozga kechikib kelamiz. Masalan ikkinchi yoki uchinchi rakatga kelganimda qanday namoz o‘qishimiz kerak? Ya’ni masbuq kishining hukumlarini yoritib bersangizlar. Iltimos javobni telegram tarmog‘iga ham joylashtirsangiz. Javobingiz uchun avvaldan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Savol: Imomning namoziga kech qolgan kishi qolgan rak’atlarini qanday ado qiladi? Javob: Imomning biror rak’atiga etolmagan kishi masbuq (ortda qolgan kishi) deyiladi. Masalan: Peshin namozining bir rak’atiga kech qolgan kishi kelganida, imom ruku’da bo‘lmasa, takbiri tahrima aytib, namozga qo‘shiladi va sano o‘qiydi. So‘ng imom bilan uch rak’atni ado qiladi. Imom salom bergach, turib, ta’avvuz, tasmiya aytib, «Fotiha» surasini va zam sura o‘qiydi, so‘ng tashahhudga o‘tiradi; Ikki rak’atga kech qolgan bo‘lsa, imom salom bergach, turib, «Fotiha» va zam sura o‘qib, ketma-ket ikki rak’atni tugatadi; Agar uch rak’atga kech qolgan bo‘lsa, imom salom bergach, turib, «Fotiha» va zam sura bilan bir rak’at o‘qiydi. Shu bilan uning namozi ikki rak’at bo‘ladi. Har ikki rak’atdan so‘ng bir qa’da vojib bo‘lgani uchun qa’daga o‘tiradi. So‘ng turib, bir rak’at«Fotiha» va zam sura bilan, so‘ng yana bir rak’at «Fotiha»ning o‘zini zam surasiz o‘qib, o‘tiradi; Shom namozining ikki rak’atiga kech qolgan kishi imom bilan bir rak’at o‘qigach, salom bermay, turadi va «Fotiha» hamda zam sura bilan bir rak’at o‘qib, qa’daga o‘tiradi va tashahhud o‘qiydi. So‘ngra turib, «Fotiha» va zam sura bilan yana bir rak’atni o‘qib, o‘tiradi. Ko‘pchilik Shom namozining bir rak’atiga etib kelsa, turib, birdan ikki rak’at o‘qib, keyin tashahhudga o‘tiradi. Bu xatodir. Ushbu holatda o‘rtadagi vojib bo‘lgan qa’da tark qilingani uchun, vaqti chiqmagan bo‘lsa, qaytadan o‘qib olishi vojibdir. Qaytarib o‘qimasa, vojibni tark qilgani tufayli namoz nuqson bilan ado etilgan bo‘ladi. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 00:41 | Savol-javoblar | 170 | Ibodatlar