Farzand tarbiyasidagi ota-onalarga ibrat
Xazrat, man oilammiz xaqida shu erga yozishga qaror qildim shoyatki farzand tarbiyasidagi yosh oilalarga ibrat bo‘lsa. Bu voqiya shaxsan bizni oilada bo‘liyapti, xo‘jayinim nima qilgan bo‘lsalar xammasi o‘g‘limmizdan ikki barovar bo‘lib qaytiyapti. Xo‘jayinim o‘g‘lim kichkinaligida uyga xar xil bo‘lmagur filimlar olib kelib ko‘rardilar, man ularni rosa qaytarar edim, man bilan rosa urushardilar. Borib-borib mandan bekitib ko‘radigan bo‘ldilar, man ko‘rib qolsam ishlari yaxshi emasligini bir kun kelib Olloxdan xammasiga javob olishlarini aytardim, bu dunyoni o‘zidayam qaytishini aytardim quloq solmasdilar. Mana yillar o‘tib o‘g‘limmiz xam 20 yoshga kirdi, 17 yoshgacha rosa yaxshi bola bo‘lib o‘sdi, xammasi shundan keyin boshlandi. Xo‘jayinim yoshliklarida nima qilgan bo‘lsalar o‘g‘illarini Olloxim o‘zlariga oyna qilib qo‘ydi, o‘g‘lim xam bexayo filimlarga mukkasidan keta boshladi. Olloxni qudratini qarangki o‘g‘limni bunday axvolda ko‘rib xo‘jayinimni vijdonlari qiynaliyapti, manku asab kasaliga chalinib bo‘ldim. Xo‘jayinimga aytdim yoshligingizda shunaqa bexayo filimlarni bekitib ko‘rdingiz xech kim ko‘rmayapti deb xammasini Olloh ko‘rib turibdi deb sizni qancha ogoxlantirgandim, mana endi nima bo‘ldi desam qilgan ishlariga pushaymonliklarini aytadilar. Olloxga shukur xo‘jayinim xozir xamma faxsh ishlardan qaytdilar ammo o‘g‘limga kuchimmiz etmayapti. Xazrat o‘g‘limni xaqqiga duo qiling iltimos, aytingchi Xazrat o‘g‘limni qanday yo‘llar bilan tarbiyalay, xozir uni o‘ylatishga sharoitimmiz yo‘q. Qolaversa shunday o‘g‘ilga qanday qilib bir yaxshi oilani muslima qizini olib beraman, birovni muslima qizi man kabi u xam qiynalib o‘tishini xoxlamayman. Xazrat sizni javoblaringizni albatta xo‘jayinim va o‘g‘limga o‘qitaman. Javobingiz uchun oldindan raxmat, din yo‘lida qilayotgan ishlaringizdan Ollox rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo o‘g‘lingizga insofu tavfiq bersin! Erinmasdan o‘g‘ilni o‘sha ishdan qaytarishda davom etaveringlar. Yaxshi odamlar bilan birga bo‘lishini payidan bo‘linglar. O‘zini yolg‘iz qo‘ymanglar. Alloh taoloni eslashni ko‘p ta’kidlanglar va hokazo.
27 May 2022, 00:53 | Savol-javoblar | 146 | Bola tarbiyasi
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Alloh taolo o‘g‘lingizga insofu tavfiq bersin! Erinmasdan o‘g‘ilni o‘sha ishdan qaytarishda davom etaveringlar. Yaxshi odamlar bilan birga bo‘lishini payidan bo‘linglar. O‘zini yolg‘iz qo‘ymanglar. Alloh taoloni eslashni ko‘p ta’kidlanglar va hokazo.
27 May 2022, 00:53 | Savol-javoblar | 146 | Bola tarbiyasi