Dinsizga muomala
Assalomu alaykum! Men bir kasalxonada davolanayapman, u erda palatadoshim bilan suhbatda uni Xudoga ishonmasligini, (astag‘firulloh) din insonlar tomonidan o‘ylab topilganinin eshitdim. Menga yordam bering unga qanday munosabatda bo‘lay? Tushuntirishga urundim, lekin befoyda. Bunday sharoitda qanday yo‘l tutiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Ustozimiz rahimahullohning qalamlariga mansub “Mukammal saodat yo‘li” kitobini taqdim qiling. Bunda ham o‘z gapida turib olsa, Alloh taolo “Kaafirun” surasida marhamat qilgan ishni tutiladi.قُلْ يَا أَيُّهَا الْكَافِرُونَ1. Ayt: «Ey kofirlar...Alloh taolo ushbu surada Nabiy sollallohu alayhi vasallamga «Ayt!» deb xitob qilmoqda. Ul zot bo‘lsalar, Alloh taolo nima degan bo‘lsa, shuni, hatto «Ayt» deganini ham takrorlamoqdalar. Shundan, Muhammad sollallohu alayhi vasallamning sha’nlari qanchalik ulug‘ bo‘lsa ham, Qur’oni Karimning biror harfiga ham daxllari yo‘qligi kelib chiqadi.Alloh taolo Islomning dastlabki davrida, musulmonlar oz va zaif bo‘lgan paytda, kofirlar quvvatli va kuchli, musulmonlarga zulm o‘tkazib turgan bir paytda, O‘z Payg‘ambari sollallohu alayhi vasallamga kofirlarga «Ey kofirlar!» deb murojaat qilishni amr qilmoqda. Bu tasarruf kofirlarning jahllarini chiqarishi aniq, ular yomonlik qilishi ham aniq. Binobarin, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni bu ishni qilishga amr etish ehtiyotsizlik emasmi? Yo‘q, ehtiyotsizlik emas. Balki mo‘’jizadir. Ya’ni ul zot Alloh taoloning himoyasida ekanliklarining, hech kim zarar etkaza olmasligining dalilidir.Ushbu surai karima nozil bo‘lganidan so‘ng, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam Masjidul Haromga bordilar. Quraysh zodagonlari to‘planib o‘tirishgan joyga borib, ularga surani qiroat qilib berdilar. Ana shundan keyin kofirlar Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga va sahobalarga ozor berishni yanada kuchaytirdilar.لَا أَعْبُدُ مَا تَعْبُدُونَ2. (Men) siz ibodat qilgan narsalarga ibodat qilmasman.Ya’ni «Ey kofirlar, men siz ibodat qilayotgan butu sanamlarga ibodat qilmayman».وَلَا أَنتُمْ عَابِدُونَ مَا أَعْبُدُ وَلَا أَنَاْ عَابِدٌ مَّا عَبَدتُّمْ وَلَا أَنتُمْ عَابِدُونَ مَا أَعْبُدُ3. Va sizlar ham men ibodat qiladigan narsaga ibodat qiluvchimassiz.4. Va (men) siz ibodat qilgan narsaga ibodat qiluvchimasman.5. Va sizlar ham men ibodat qiladigan narsaga ibodat qiluvchimassiz.«Surai karimadagi «ibodat» lafzining takrorlanishi ta’kid uchun», – deydilar ba’zi ulamolarimiz. Boshqalari esa «Avvalgisi hozirgi ibodat, keyingisi kelajakdagi ibodatni bildiradi», – deydilar.لَكُمْ دِينُكُمْ وَلِيَ دِينِ6. Sizga o‘z diningiz va menga o‘z dinim».Bu surada Islom e’lon qilgan aqiyda erkinligi o‘z aksini topgan. 1400 yil avval e’lon qilingan bu hurriyat oyoqosti qilinganda, insoniyat ulkan zararlar tortdi.Imom Tobaroniy Ibn Umar roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda: «Kaafirun» surasi Qur’onning to‘rtdan biriga teng keladi», – deyilgan.Imom Muslim Jobir roziyallohu anhudan qilgan rivoyatda esa Nabiy alayhissalom shu surani va «Qul huvallohu ahad»ni Ka’baning tavofidan keyin o‘qiladigan ikki rak’at namozda o‘qiganlari aytiladi.Abu Hurayra roziyallohu anhuning rivoyatlarida esa Bomdodning ikki rak’at sunnatida xuddi shu ikki surani tilovat qilganliklari aytiladi.Horis ibn Jabala roziyallohu anhu Nabiy sollallohu alayhi vasallamga: «Ey Allohning Rasuli, menga uxlashdan oldin o‘qiydigan biror narsa o‘rgatib qo‘ying», – deb iltimos qilibdilar. Shunda Nabiy alayhissalom: «Kechasi joyingga yotsang, «Qul yaaa ayyuhal kaafiruun» surasini o‘qigin, chunki u shirkdan saqlaydi», – degan ekanlar. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 01:13 | Savol-javoblar | 148 | Aqiyda