Nega uzr yuk?
Assalomu alaykum Shayx xazratlari.Xamma ittifok kilgan narsa bu xato,esdan chikarish,majburlash va uxlash vaktida kilingan gunoxlar nomai a’molga ezilmasligi.Lekin men tushunmagan narsam masalan kimdur namozida kasddan emas balki xato kilib eki esidan chikarib Kur’onni yanglish,ma’nosini buzadigon darajada ukidi.Endi nima uchun u shariatda berilgan mazkur kengchilikdan foydalanmay,balki namozini buzub kayta ukishi kerak?Agar kasddan oyat ma’nosini buzsa bu boshka gap,gunoxkor xam buladi,namoziyam fosid.Lekin kasddan emas,balki xatoan eki unutib kilsachi?Yana bir misol ruzadorni ogiz chaykagandami eki boshka vaktdami ixtiersiz xalkumidan ichiga suv kirsa ruzasi buziladi deyilgan bizni mazxabda.Lekin u bechora nima kilsin?!Ataylab suvni ichiga kirgazmadiku?Xanafiylarda shundok bulsa xam boshka mazxabda bu masalalarda engillik tomonini olganini kurish mumkin.Masalan Ibn Usaymin raximaxullox uz ixtierisiz ichiga suv kirib ketganni ruzasi buzilmaydi deb ketdilar.Yana bir saytda namozda kasddan oyatni ma’nosini buzadigan darajada xato kilsa namozi buziladi deyilibdi.Mana shu oson gaplarni olish Kur’on va Sunnatga muvofikrok,Shariat kursatmasiga yakinrok (chunki bu din osondur,xechkim uni kiyinlashtirib yubormasligi kerak),mantikka xam mosrok emasmi?Barcha javoblar uchun tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Namozda sajdai sahv bilan xatolar to‘g‘rilanadi.
27 May 2022, 01:53 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Namozda sajdai sahv bilan xatolar to‘g‘rilanadi.
27 May 2022, 01:53 | Savol-javoblar | 158 | Halol va harom