Kelajakni bashorat qilish

Assalomu alaykum, Shayx hazratlari! Kitoblarda ko‘p ilmli odamlarning kelajakdan bashorat berganliklari yozilgan bo‘ladi. Kelajakni faqat Alloh bilishligini va Alloh faqat payg‘ambarlarga o‘zi xohlagan paytda ba’zi narsalarnigina kelajakdan xabardor qilishini ham kitoblardan o‘qiganmiz. Nega ba’zi avliyolar, sahobalar, ilmli odamlar kelajakdan bashorat qilganlar? Masalan, Abdulloh Ibn Ma’suddan:Bugun sizlar havoi-nafslar ilmga tobe’ zamonda yashayapsiz. Hali shunday zamonlar keladiki, unda ilm havoi-nafslarga tobe’ bo‘ladi.Bu erda taxmin qilishlik ham yo‘q, xatto 100% ishonch bilan aytilayapti gap. Agar Alloh ilmli odamlarga ham kelajakdan bashorat beradigan bo‘lsa, nega siz ba’zi savollarga "men bashoratchi emasman" – deb javob berasiz. Javoblaringiz uchun tashakkur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- G‘aybni Allohdan o‘zga hech kim bilmaydi. Siz aytganga o‘xshash gaplarni ulug‘lar Qur’oni Karim oyatlariga yoki hadislarga, ba’zi holatlarda tajribaga suyanib aytganlar.

27 May 2022, 02:47 | Savol-javoblar | 164 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar