"Bir parcha go‘sht" qalbmi yoki yurakmi?

Hurmatli Shayx hazratlari.Hazrat, «Ruhiy tarbiya» kitobingizning audio shaklini eshitib, bir savol tug‘ildi. Qalb haqidagi payg‘ambar alayxissalomning: «Odamda bir parcha go‘sht bor, agar u buzilsa butun tana buziladi, agar u tuzalsa butun tana tuzaladi, bilib qo‘ying bu qalbdir» hadislaridagi «bir parcha go‘sht» dan murod nima? Buning inson organizmining anatomik tuzilishiga qanday bog‘likligi bor, misol uchun biz uni «yurak» deb tushunsak bo‘ldaimi, yoki bu ma’joziy ma’nodami?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Ikkisi ham.

27 May 2022, 03:54 | Savol-javoblar | 170 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar