Munofiqlar boshlig‘ining ismi to‘g‘risida

Shayx hazratlari! Munofiqlar boshlig‘ining ismi to‘g‘risida so‘ramoqchi edim. Chunki, uning ismi ba’zi kitoblarda Abdulloh ibn Ubay ibn Salul deb kelgan. Boshqa adabiyotlarda esa Ubay ibn Salul deb kelgan. So‘raganimning boisi, do‘stlarim bilan siyrat to‘g‘risida gaplashayotsak, bir birodarimiz (munofiqning o‘g‘lini nazarda tutib) Abdulloh ibn Ubay ibn Salul r.a deb yubordi. Munofiqning o‘g‘lini ismi qanday bo‘lgan.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Munofiqlar boshlig‘ining ismi Abdulloh ibn Ubay ibn Salul. Uning o‘g‘li muxlis musulmonning ismi ham Abdulloh. Bu arablarda bor holat. Ya’ni u kishi Abdulloh ibn Abdulloh ibn Ubay ibn Saluldir.

27 May 2022, 04:57 | Savol-javoblar | 165 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar