Kate bilan namoz o‘qish
Assalomu alaykum! Bobomning yoshlari 81 da. Prastata kasalligidan qiynaladilar. Katetr qo‘ydiraylik desak, u bilan qanday namoz o‘qiyman, najosat doim chiqib turadi, deb unamaydilar. Shifokorlar katetr qo‘ydiringlar, aks holda siydik va qonga aralashib keyin qiynaladilar deyishdi. Hurmatli ustozlar, bu masala nima qilsak bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu moslamani qo‘yish yoki qo‘ymaslikni mutaxassis shifokor bilan maslahatlashib hal qilinglar. Agar zaruriy deb topilsa qo‘yish joiz. Bu tufayli siydik doimiy kelib turadigan bo‘lsa holatga qaraladi. Agar bir namoz vaqti kirgandan to chiqib ketgunicha siydik chiqishidan xoli holatda, tahorat olib namozning farzini o‘qishga imkon topa olmasa sohibi uzrga aylanadi. Sohibi uzr har namoz vaqtida bir marotaba tahorat olib, o‘sha vaqt chiqqunicha istalgancha namoz o‘qishi joiz. Vallohu a’lam!
5 Iyul 2022, 00:19 | Savol-javoblar | 230 | Namoz