Abdulmuttalib haqida hadis bormi

Assalomu alaykum! Sarvari koinot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bobolari Abdulmuttalibning qiyomatdagi holati haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bashoratlarini aytganmilar? U kishini qiyomatdagi hollari qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Abdulmuttolib to‘g‘risida hech qanday hadis yo‘q. Abutolibni ahli do‘zaxdan ekanligiga hadis bor. Abdulmuttolib ismi shariatimizda joiz emas, chunki abd banda muttolib talabgor degan ma’noni bildiradi. Alloh taoloning esa talabgor degan ismi yo‘q. Abdulmuttolibni ham asl ismi Shaybatulhamd bo‘lgan. Muttolib otiga mingashtirib kelayotganida odamlar orqasidagi bolani Muttolibning quli deb o‘ylashgan. Shu bilan u bolaning ismi Abdulmuttolib bo‘lib qolgan. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 14:20 | Savol-javoblar | 193 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar