Takbiri tarjima

Assalomu alaykum! Abdulloh Ibn Umar roziyallohu anhu quyidagi hadisni aytdilar: Rasululloh sallallohu alayhi vasallam takbiri tarjima aytayotganda qo‘llarini elka barobar ko‘targanlarini ko‘rdim, rukuda tadbir aytayotganlarida ham, “Samiallohu liman xamidaxu” deganlarida ham shunday qildilar. Sajda qilayotganlarida “Rabbano va lakal xamd” dedilar, lekin qo‘llarini ko‘tarmadilar. Sajdadan boshlarini ko‘tarayotganlarida ham bunday qilmadilar. Shunday hadis o‘qigan edim. Savolim nega biz bunday o‘qimaymiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tarjima emas tahrima, tadbir emas takbir bo‘ladi. Chunki u zotdan boshqa ko‘plab sahobalar unday qilmasdan o‘qiganlar. Bu masala haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan ikki xil rivoyat bor. Abu Hanifa rohmatullohi alayh qilmaslik rivoyatini kuchli, deb bilganlar. Aslida gap unday qilish joiz yoki nojoizligida ham emas, harom yoki makruhligida ham emas, balki qilish afzalmi yoki qilmagan afzal – shu to‘g‘risida. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 16:29 | Savol-javoblar | 137 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar