Mukofot halolmi?

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, boshlagan ishingizga Alloh rivoj bersin. Men kimyo fanidan qo‘shimcha dars olaman. Har oyda o‘tilgan mavzular bo‘yicha nazorat ishi olinadi. Kim shu nazorat ishini eng yaxshi bajarsa 1 oylik to‘lovdan ozod qilinadi, ikkinchi o‘rinni olgan o‘quvchi esa yarmini to‘lashdan ozod bo‘ladi. O‘quvchilarning o‘zlashtirishi, bilim saviyasi turlicha. Guruhda ba’zilar bir ba’zilar ikki yildan beri o‘qiydi (o‘zlashtirishi ham boshqalardan yaxshi). Savolim shuki, ushbu mukofot deyilgan pulni olish halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Mukofotni o‘quv muassasasi o‘zi tomonidan bersa ya’ni o‘zining olishi kerak bo‘lgan haqqidan voz kechsa va o‘sha kechilgan haqqni boshqa o‘quvchilarga sochib undirib olmasa olish joiz. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 16:33 | Savol-javoblar | 149 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar