Idda saqlash xususida
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Xojiotamiz 66 yoshlarida vafot etdilar. Xojionamiz hozir idda saqlayaptilar. Jigarlari yuzasidan rahmatli Xojiotamiz bilan Toshkent shahriga borib davolanib turardilar. Hozir idda saqlayaptilar, ammo Toshkentga borib vrach ko‘rigiga borishlari kerak. Agar Toshkentga vrach ko‘rigiga borsalar shariatimizda qanday hukmi bor? Xojionamiz idda vaqtida Toshkentga vrach ko‘rigiga borsalar bo‘ladimi? Salomatliklari uchun bu juda muhim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Zarurat shuni taqozo qilsa borishi joiz. Zarur yoki zarur emasligini onaning o‘zlaridan so‘ranglar. Bormasa ham bo‘lishi imkoniyati bo‘lsa chiqishlari joiz emas. Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 16:34 | Savol-javoblar | 169 | Ayollarga oid masalalar