Qul haqqi

Assalomu alaykum! Bizda ko‘pchilik qul haqqini faqat moddiy (ya’ni tarozidan urish va pul qarzi) holatda bo‘ladi deb bilishadi. Haqni moddiy va manaviyga ajratayotganim to‘g‘rimi bilmadim. Eshitishimcha moddiy haqqlarga:
— Pora olishlik va berishlik, Gaz, elektr, suv va boshka (davlat tarafidan o‘rnatilgan) to‘lovlaridan urib qolishlik ham kirar ekan (Bu holatlarda mamlakatda yashovchi butun 32 mln xalqning haqqidan urib qolishlik bo‘lar ekan). Ma’naviy haqqlarga esa, ish beruvchining haqqidan, kelishilgan ish soatlaridan urib qolishlik. Bunga ishga kech kelish, ish soatlarini o‘z manfaati yo‘lida sarflash. Hattoki ish beruvchining ruxsatisiz ish vaqtida namoz o‘qish va juma namoziga ishni tashlab borishlik ham kirar ekan. Dil og‘ritish, o‘zgalarga va o‘zgalar mahramiga yomon niyatda nigoh tashlash, haqqsiz qo‘l ko‘tarish va g‘iybatini qilishlik, tuxmatini qilishlik, fribgarlik, yolgon gapirish va’da berib ustidan chiqmaslik, vaqtini olib kuttirish, o‘z ishini bitirish uchun boshqa insonni befoyda ishontirish, (hattoki «sizga shu vaqtda qo‘ng‘iroq qilaman» deb qilmasdan bekorga vaqtini olish) bularning hammasi qul haqqiga xiyonat qilishlik bo‘lar ekan. Ikki bandaning o‘rtasidagi bu haqqlarni, haqdor kechirmasa, hattoki Alloh ham kechirmas ekan. Shular to‘g‘rimi? Shu haqlar to‘g‘risida kengrok ma’lumot olsak.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu juda katta mavzu bo‘lib, ushbu kabi muomalalar haqida Ustozimiz rahimahulloh “Ijtimoiy odoblar” nomli kitoblarida juda go‘zal uslubda, batafsil yozib, tushuntirib o‘tganlar. Vallohu a’lam! https://fiqh.uz/index.php/ibodat/moliya/boshqa-moliya/429-alol-rfsb-qiluvchilar-maqomi

28 Iyul 2022, 09:37 | Savol-javoblar | 196 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar