Marketing Savdo
Assalomu alaykum! Yaqinda bir qarindoshim Green Life savdo kompaniyasida ishlashni tavsiya qildi.U ishda 5 rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilgan bitovoy texnika, bolalar kiyim kechagi, atirlar, kosmetika vositalari sotiladi va reklama qilinadi. Hozirda bizga kosmetik vositalari sotuvi kirib kelgan. Masalan men 4000000 so‘m bilan a’zo bo‘laman ular menga 15000000 so‘m plastikka tashlab berisharkan. So‘ng men ulardan zavod narxida tovar berishadi. Do‘konimga sotsam bo‘ladi. Kompaniya mahsulotlari Arab amirligining halol sertifikatiga ega ekan. Bu ishning reklama tomoni o‘sha 4000000 so‘m to‘lab kimnidur o‘ng yoki chap qo‘liga a’zo bo‘lsam mendan oldingi a’zolariga 1000000 so‘mdan pul tusharkan. Undan so‘ng men ikki o‘ng va chap qo‘limga a’zo topsam menga va mendan oldingilarga yana 1000000 so‘m pul tusharkan. Meni ikki qo‘limdagilar ham ikki qo‘llariga a’zo topsa va to‘lov qilsa menga va mendan avvalgilarga ham pul tusharkan. Xullas ishlamasang ham reklama qilib a’zo topganga firma pul tularkan. O‘sha topilgan pul xalolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu joiz bo‘lmagan faoliyat. Halol emas. Vallohu a’lam!
20 Avgust 2022, 14:42 | Savol-javoblar | 158 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu joiz bo‘lmagan faoliyat. Halol emas. Vallohu a’lam!
20 Avgust 2022, 14:42 | Savol-javoblar | 158 | Moliya va tijorat