Birovni xaqini eyishmasmi

Assalomu alaykum! Biz birga tanishimizni qo‘lida ishlaymiz. Ishimiz stroykada. O‘zi ob’yomga olib, bizga kunbay beradi. Biz 3 kishimiz. Ishni bo‘lgandan keyin ish bo‘lmadi bugun, ishlab turgan joyimizga tez bo‘l ishla, obedga xam bo‘lar bo‘lmas tur ishni boshla deydi. Birovni yomonlamokchi emasman. Lekin bir narsa alam qildi. Bugun mana bu ish bo‘lishi kerak deydi. Yoki 1 kun keldim 2soat ishladim ishim chiqib ketib qoldim. Yana bir yarim kun ishlab ishni tugatdik. Bazi kunlarda kelishilgan vaqtdan ko‘proq qolib ketamiz. Yana shularga xak to‘lashdan bosh tortdi. Ish bo‘lmadi boshqa boshqa baxonalar qildi. Xisoblab qarasak 100minglik ish bo‘lsa bizga 50ming berib o‘zi 50ming oliyapdi ekan. U bizni xaqimizni edimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Sizlar o‘z mehnatingizni qadrlashni va bitirgan ishingiz uchun haqingizni talab qilib olishni o‘rganing. Shunda birovni ishlatib pulini bermay yuradiganlar biroz bo‘lsada yo‘qoladi. Vallohu a’lam!

28 Sentabr 2022, 14:44 | Savol-javoblar | 101 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar