Qur’on ziyofati

Assalomu alaykum! Ba’zi ota-onalar Qur’onni to‘liq yod olgan farzandlariga xursandchilik va mukofot sifatida xalq orasida "Qur’on to‘yi" yoki "Qur’on ziyofati" deb nomlangan ziyofat uyushtirib berishmoqda. Bu ziyofat oilaviy, uztozlar yoki yaqin dostlar bilan nishonlanmoqda. Maqsad birovlarga e’lon qilib maqtanish va riyo qilish emas. Maqsad shu qori bolajonlarni munosib ravishda mukofotlab hadyalar ulashish va ularga xursandchilik tarzda ziyofat berish. Bunga kop musulmonlar tomonidan ijobiy qaralsada, buni bid’at amal deydiganlar ham bor ekan. Qaysi rasmiy manbada bu amal bid’atligi tog‘risida ma’lumot berilgani soralsa, javoban, bu Muhammad alayhissalom davrlarida bolmagani, Qur’onda bu haqida yozilmagani va "Qur’on to‘yi" yoki "Qur’on ziyofati" deb atalishi ham xato ekanini aytishdi. 1. Bunday ziyofat berish bid’atmi? 2. Bunday ziyofatni "Qur’on to‘yi" yoki "Qur’on ziyofati" deb atash xatomi? Har xil mamlakat yoki shaharlarni odat va shevalaridan atamalar kelib chiqishini ham hisobga olinadimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qur’oni karimni yodlagani munosabati bilan xursandchilik qilishi, ehsonlar tarqatishi joiz. Vallohu a’lam!

13 Oktabr 2022, 20:08 | Savol-javoblar | 247 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar