Operatorlik
Assalomu alaykum! Man bir firmaga operator bo‘lib ishga kirayotgan edim. Bu o‘quv markazi. Yani bizning firma bog‘chalarga borib bolalarga til kurslarini o‘rgatadi. Har bir bog‘chada o‘qituvchilarimiz mavjud. Bizning vazifamiz bog‘chaga kelayotgan bolalarning ota-onasiga telefon qilib kurs haqida ma’lumot beramiz va kursga farzandlarini taklif qilamiz. Har bir kursga ro‘yxatdan o‘tgan bola uchun 5% dan hisoblab bizga maosh chiqariladi. Bu maosh faqat 1 marta beriladi har bir bola uchun. Shu ishimiz joizmi? 2-savol. Yana o‘quv markazimizda menejerlik faoliyati ham mavjud. Ularning vazifasi har bir kursga qatnayotgan farzandning ota-onasi bilan tez-tez bog‘lanib ta’lim sifatini tekshirib turishdir. Har bir menejerga ma’lum bir bog‘chalar biriktiriladi. Va o‘quvchi soniga qarab har bir o‘quvchidan foiz ajratiladi. Shu lavozimda ham ishlash joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1-2). Joiz. Vallohu a’lam!
27 Oktabr 2022, 07:30 | Savol-javoblar | 248 | Administrator
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1-2). Joiz. Vallohu a’lam!
27 Oktabr 2022, 07:30 | Savol-javoblar | 248 | Administrator