Qosh kraskasini sotish joizmi

Assalomu alaykum! Qosh kraskalari savdo -sotiq qilish joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! G‘uslda suv etishidan to‘sadigan, ya’ni ostiga suv o‘tkazmaydigan bo‘yoqni qosh uchun sotish durust emas. Chunki uni bunday maqsadda ishlatish mumkin emas. Vallohu a’lam!

18 Noyabr 2023, 16:56 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar