Maslahat beringlar

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, oyog‘imning bosh barmog‘idagi tirnog‘i ichiga o‘sib turadi. Ba’zida o‘sha tirnoqni olayotganimda qonatib yuboraman va bu qon 1-2 kun davomida suv aralash chiqib turadi. Keyin men o‘sha barmog‘imni o‘zini bint bilan bog‘lab olib, taxorat olayotganimda o‘sha barmog‘imni o‘ziga masx tortib qolgan joyini yuvib namoz o‘qiyman. Savolim men xar taxoratda o‘sha bintni yangilab turishim kerakmi yoki shart emasmi? Bintda qon izlari yo‘q oppoq bo‘lib turadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qon tekkan bo‘lsa, yangilab turishingiz kerak. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 11:46 | Savol-javoblar | 146 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar