Birga g‘usl qilish

Assalomu alaykum! Er va xotin birgalikda kiyimsiz, bir-birini cho‘miltirgan holda g‘usl qilsa bo‘ladimi ? Xufton namozlarini o‘qiganlaridan keyin jinsiy aloqa qilsalar makruh bo‘ladimi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 146. Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi:
«U kishi: «Men Nabiy sollallohu alayhi vasallam bilan birga «faraq» deb ataladigan mis idishdan g‘usl qilar edim», deganlar».
Yana bir rivoyatda «Ikkovimiz ham junub edik», deyilgan.
Ikki hadisni beshovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Oisha onamiz vasf qilgan «faraq» deb ataluvchi mis idishga o‘n olti ratl suv sig‘ar ekan (olti yarim litrdan ko‘proq).
Faraq ma’lum bir idishga qo‘yilgan nom bo‘lmay, o‘n olti ratl suv sig‘adigan mis idish Hijozda shu nom bilan yuritiladi.
Oisha onamiz roziyallohu anhodan rivoyat qilinayotgan bu hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning xotinlaridan boshqa kishi bila olmaydigan narsa – junub holidagi er-xotin bir idishdan g‘usl qilishlari joizligi masalasi rivoyat qilinmoqda. Mo‘minlar onalarining asosiy xizmatlaridan biri ham shu. Er-xotin orasida bo‘ladigan shariat ishlarini Rasuli Akram sollallohu alayhi vasallamdan ko‘rib-bilib, Islom ummatiga rivoyat qilib berish ham katta xizmat sanaladi. Hadisdan olinadigan foyda ochiq-oydin ko‘rinib turibdi.(“Hadis va Hayot” kitobidan).

Makruh emas. Vallohu a’lam.https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=23055.0
https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topic=9925.0

20 Aprel 2022, 20:58 | Savol-javoblar | 184 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar