Qazo namozlar va qasam

Assalamu alaykum! Insha Alloh, 16 yillik qazo namozlarimni yana 5 yili qoldi, undan so‘ng, ya’ni 12 yoshimdan 7 yoshgacha bo‘lgan qazolarni (1979y.dan 1974y.gachasini) xam o‘qishni niyat qilgan bo‘lsam, endi o‘sha yuqorida ko‘rsatilgan yoshgacha bo‘lgan qazolarni o‘qish vojib bo‘lgan bo‘ladimi?
2) Ba’zi xollarda vaqtida o‘qiladigan farz, sunnat yoinki xuftonni vitrida esimda yo‘q mos ravishda oxirgi qazolarimni o‘qishni deb niyat qilib yuboraman, ko‘pincha darxol esimga tushib niyatni to‘g‘rilayman, lekin namozni o‘rtasida esimga tushganda yoxud namozni o‘qib bo‘lgach esimga tushsa, bu namoz sajdai saxv bilan to‘g‘rilanadimi yoki fasod bo‘ladimi?
3) 3 yoki 4 rakaatli kazo namozlarda 2 rakaatdan so‘ng bilmasdan ikkala tarafga salom berib, keyin 3 yoki 4 rakaatligi esimga tushib, takbir aytib turib qolgan rakaatlarni tugatib namozni oxirida sajdai saxv qilib nixoyasiga etkazsam namozim buzilmaydimi?
4) Yaxshilikni, ya’ni Alloh Taolo qaytargan narsani amalga oshirishda qasam ichsa joizmi? Ya’ni 12 yil sigaret chekib 10 martagacha tashlashni niyat qilib eplay olmaganman, shunda 1997y. 11-avgust kuni yana cheksam musulmon emasman deb qasam ichib turib chekishni tashlaganman, alxamdulillax o‘shandan beri chekmadim va shu qasamimni buzmadim, xozir chekadigan odamlarni oldiga xam yaqinlashmayman. Endi o‘shanda albatta ilmsizlik oqibatida qasamxo‘rlik qilganim uchun menga kafforat vojib bo‘ladimi? Robbimiz yanada ilmingizni ziyoda qilsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Vojib bo‘lmaydi. 2). Qayta o‘qiysiz. 3). Buzilmaydi. 4). Qasam ichmaslikka harakat qilish kerak. U qasamxo‘rlik emas. Agar buzganingizda edi qasamxo‘rlik bo‘lar edi. Vallohu a’lam!

29 Aprel 2022, 15:48 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar