Odamning taqdiri
Assalomu alaykum! “Har bir inson taqdirida yozalganini ko‘radi” deyishadi. Taqdirni o‘zgartirib bo‘lmaydi degan gapam bor. Taqdir haqida tushuncha bersangizlar. Odamning umr davomida qilgan gunohlariyam, savoblariyam o‘ziga havolami yoki shu ham taqdiriga bitilgan bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qazoi qadar Qazoi qadar iymonning asosiy rukn va ustunlaridan biri bo‘lib, unga iymon keltirish va har bir yaxshilik va yomonlikni Allohdan deb bilishimiz shartdir. Busiz kishi mo‘min bo‘laolmaydi. Qazoi qadar ilmi (juda mushkil bo‘lib,) oddiy omi insonlar tugul olimlar orasida ham turli ixtiloflarga sabab bo‘lgan. Sahobalar zamonasidan so‘ng bu borada ko‘plab kishilarning qadamlari toyilgan. Ba’zilar Alloh taoloning bir sifatiga e’tibor qaratib boshqa sifatini e’tibordan chetda qoldirgan. Ba’zilari biri e’tiborsiz qoldirgan sifatga e’tibor berishda chuqur ketib boshqasi e’tibor qaratganni chetda qoldirgan. Natijada “Banda har narsada majbur, o‘zida hech qanday ixtiyor yo‘q” degan tushunchaga borgan Jabariya va “Hamma narsa bandaning o‘z ixtiyorida Alloh taoloning bu ishga hech qanday daxli yo‘q” degan Qadariya kabi firqalar paydo bo‘ldi. Bu erda e’tibor qaratish kerak bo‘lgan ikki narsa bo‘lib, inson taqdirda bitilganiga majburmi? Yoki o‘zida ham ixtiyor bormi? – degan narsa o‘rtaga tashlanadi. Buni yaxshilab tushinishga esa, bir oz muqaddima keltirib o‘tish kerak bo‘ladi. Chunki bir narsaga hukm chiqarishdan avval o‘sha narsa haqida tasavvurga ega bo‘lish kerak. Shunday ekan biz avvalo ustidan hukm chiqarmoqchi bo‘lgan inson to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishimiz kerak. Bir narsada noaniqlik unda zohir bo‘lgan ikki xil jihatdan kelib chiqadi. Birinchi jihatni quvvatlovchi dalil ham bor, ikkinchi jihatni quvvatlovchi dalil ham bor. Masalan : bir insonni saxiymi yoki baxilmi – deb hukm chiqarish kerak bo‘lsa, undan sodir bo‘layotgan ishlarga qaraladi. Agar hamma ishi sahovatga dalolat qilsa, uni saxiy deb hukm qilishda shak yo‘q. Agar baxillikka dalolat qilsa, uni baxil deb hukm qilishda ham shak yo‘q. Ammo ba’zi ishlari saxovatga ba’zi ishlari baxillikka dalolat qilsa, u haqida saxiy yoki baxil deb hukm chiqarish mushkul bo‘ladi. Shuningdek inson holati ham turlichadir. 1-inson haqida sodir bo‘layotgan ishlar. 2-insonning ustida tashqaridan sodir bo‘layotgan ishlar. 3-inson tarafidan sodir bo‘layotgan ishlar. 1-suratda insonda hech qanday ixtiyor bo‘lmaydi. Masalan; inson qaysi ota-onadan tug‘ilishi, erkak yoki ayol bo‘lib tug‘ilishi, qaysi shakl va suratda, rangini oq yoki sariq bo‘lishi, yurak urishi qachon to‘xtashi, kabi narsalar. Bu borada insonning hech qanday ixtiyori yo‘q. Bu borada banda taqdirga bo‘yinsunadi. Bu ishlarning sodir bo‘lishida u majbur. 2-suratda ham insonda hech qanday ixtiyor yo‘q. Inson uchun o‘zidan tashqaridan sodir bo‘ladigan ishlar. Masalan inson boshiga qanday ishlar tushadi. Soddaroq qilib aytilganda inson boshiga keladigan yaxshi va yomon ishlar.Alloh taolo uni nimalar bilan imtixon qiladi. Banda buni bilmaydi va bu uning ixtiyorida ham emas. Bu ikki suratda bandada hech qanday ixtiyor yo‘q. Bu borada uning zimmasiga vazifa ham yuklatilgan emas. 3-surat. Bunga inson tarafidan sodir bo‘ladigan barcha ishlar misol bo‘la oladi. inson o‘zi tarafidan sodir bo‘ladigan ishni qilish-qilmaslik va ulardan birini tanlash ixtiyori bor. Savob ishni qilgani uchun savob olishi, gunohni qilgani uchun jazo olishi shu suratda bo‘ladi. Shundan kelib chiqadiki, “Hamma narsa mutlaqo bandaning o‘z ixtiyorida” deyish ham “Bandada mutlaqo ixtiyor yo‘q” deyish ham xatodir. Unday deyyuvchilar insonni tasavvur qilish va nima uchun yaratilganini to‘liq angalab etishda xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘ladilar. Bir kishi Ali roziyallohu anhudan banda barcha narsada ixtiyorlimi yoki taqdirga majburmi deganida, Ali roziyallohu anhu unga: “O‘ng oyog‘ingni ko‘tar” dedi. U kishi o‘ng oyog‘ini ko‘tardi. “O‘ngini tushirmay, chap oyog‘ingni ham ko‘tar!” dedi. Ko‘tarolmadi. Shunda: “Shunchalik ixtiyoring bor” dedi. Yuqoridagi ikki suratda banda majbur bo‘lishi Alloh taoloning rahmatidandir. Chunki inson yo‘q holida yoki yaxshi yomonni farqiga bormaydigan aql va ilm ma’rifatdan yiroq bo‘lgan chaqaloqlik holida o‘ziga nima yaxshi yoki nima yomon bo‘lishini tanlay olmaydi. 3-suratda esa banda bir qonunga bo‘yin sunadi. Bu qonun dinni tutgan insonga xosdir. U qonun Alloh taolo tarafidan bir ishni qil yoki qilma – degandir. Banda o‘sha qonunga amal qilishga layoqatli holatda bo‘ladi. Agar loyiq bo‘lmaganida Alloh taolo unga bu qonunni joriy qilmagan bo‘lar edi va “falon narsani qil, falonlarini qilma” demagan bo‘lar edi. Alloh taolo bir bandasiga biror ishni qilishga va biror ishni qilmasligiga buyurishi, taqdirda bandaga ikkisidan birini tanlashga ixtiyor berganligiga dalildir. Aql yuritishiga, yaxshi-yomonni ajratishligiga ixtiyor berilganligiga dalildir. Agar bu ixtiyorni berilmaganida edi Alloh taoloning ba’zi ishlarni qil va ba’zilarini qilma – deyishi befoyda bo‘lib qolar edi. Chunki inson o‘sha ishni qilish yoki qilmaslikka qobilyati yo‘q, fikr yuritib qaysi yaxshi yoki yomonligini ajrata olmasa, texnika kabi yurgizsa yuradigan, yurgizmasa turadigan holatda bo‘lsa, unga bir narsani qil yoki qilma deyish Alloh taologa yarashmaydi. Bandaning yuqoridagi ikki suratdagi holati taqdirda bitilganidek. Uchinchi suratdagadi ixtiyorli bo‘lishi ham taqdirga bitilgan. Yuqorida zikr qilingan Jabariya firqasi Alloh taoloning qudrat sifatiga e’tiborni qaratib “Har narsa Alloh taoloning qudrati va qayyumligidan tashqari bo‘lolmaydi va inson har ishda majbur” deb hukm chiqarishdi. Biz ularga “sizlar “Har narsa Alloh taoloning qudrati va qayyumligidan tashqari bo‘lolmaydi” degan gapda haqsizlar. Lekin insonni mutlaq majbur qilishda xato qilyapsizlar. Chunki, sizlar bu gapni aytayotganingizda Alloh taoloning boshqa sifatiga umuman e’tibor qaratmayapsizlar. Aslida u ham Alloh taoloning sifati. Alloh taoloning Qayyumligiga e’tibor qaratganingizdek boshqa sifatiga ham e’tibor qaratishingiz shart. Alloh taolo Qodir va Qayyum sifatlari bilan sifatlanganidek, Odil sifati bilan ham sifatlangandir. Bir sifatga e’tibor qaratishingiz boshqa sifatni bekorchi bo‘lib qolishiga sabab bo‘lmasligi kerak” deymiz. Shunday ekan Alloh taoloning har bir sifatini birdan e’tiborga olishimiz shart. Aks holda birini boshqasidan ustun qo‘yish yoki bekorchiga chiqarib qo‘yishga to‘g‘ri keladi. Qudrat va qayyumlik har narsa Allohning izni bilan bo‘lishini taqozo qilsa, adolat sifati Alloh taolo bandaga qilish qilmaslikka ixtiyor bergan bo‘lishi va gunoh qilgan kishi o‘z ixtiyori bilan gunoh qilgani uchun azob berishini taqozo qiladi. Banda biror ishni qilish qilmaslikda ixtiyorli bo‘lishida ham qudrat sifati aralashganini ko‘ramiz. Chunki gunohkor ham Allohning izi bilan yurib turgan yurak, oqib turgan qon va nuri olib qo‘yilmagan ko‘zlardan foydalanib gunoh qiladi. Alloh uning ishidan rozi bo‘lmasada, hayotini to‘xtatib qo‘ymayotganini ko‘ramiz. Qadariya firqasi esa, Alloh taoloning adl sifatiga ebtiborni qaratib, qudrat sifatiga ahamiyat bermadilar. Bularning misoli yo‘lning o‘rtasidan ikki tomonga qarab ketib qolgan kishilarga o‘xshaydi. Agar ikkisi biri biriga qarab yurganlarida edi, bir nuqtada birlashgan bo‘lar edilar. Haq ular bir-biriga qarab kelib uchrashadigan nuqtadadir. Ya’ni bu qudratni o‘z maqomiga qo‘yishi u esa adolatni o‘z maqomiga qo‘yishidadir. Shu eng o‘rta fikrdir. Shunda insonning taqdirga bo‘ladigan nisbati ayon bo‘ladi. Qadariylar Allohning adolat sifatida g‘uluvga ketib “Alloh insondan sodir bo‘ladigan ishlarni ham sodir bo‘lmaguncha bilmaydi” deyishdi. Bunga وَمَا جَعَلْنَا الْقِبْلَةَ الَّتِي كُنتَ عَلَيْهَا إِلاَّ لِنَعْلَمَ مَن يَتَّبِعُ الرَّسُولَ مِمَّن يَنقَلِبُ عَلَى عَقِبَيْهِ Sen avval yuzlangan qiblani orqasiga qaytadiganlar kim-u, Rasulga ergashuvchilar kim ekanini bilishimiz uchungina qilganmiz. (Baqara 14-oyat). Va shu kabi oyatlarni dalil qilishdi. Ular “Alloh kim Rasulga ergashib amal qiladiyu, kim ortiga qaytib ketishini bilishimiz uchun” degan oyatini Alloh bandadan sodir bo‘lmaguncha bilmas ekanda degan narsaga yo‘yishdi. Ular kelguvsida bilish bilan imtihon qilib bilishni orasini ajrata olishmadi. Bilmaganini bilish bandaga xosdir. Alloh taolo esa, bandaga ixtiyor berganda nima qilishini bandaga bildirish uchun ixtiyor beradi. Bunga misol shuki, maktab direktori o‘qituvchi oldiga kelib o‘quvchilaringiz imtixondan qanday baho oladi? desa, u o‘zi o‘qitgan o‘quvchilarini yaxshi bilgani uchun falonchi a’lo falonchi o‘rta falonchi past baho oladi deb belgilab beradi. Direktor bunga to‘liq ishonmaydi. Imtihon boshlanib o‘qituvchi unda qatnashmaydi lekin natija o‘qituvchi aytganday bo‘ladi. Chunki ustozning baholashi o‘ta sinchkovlik va tajribaga asoslangan edi. Yaxshi o‘qishni bilmaydigan o‘quvchi menga imkon berib imtihon qilganingizda a’lo baho olardim demasligi uchun uni yana imtihonga qo‘yadi. Shu erda o‘qituvchi o‘quvchini imtihonga qo‘yishi u haqda bilmaganini bilishi uchun emasdi balki, imkon berib o‘zini kimligini bildirishi uchun edi. Alloh bandasini imtihonga qo‘yishi unga savob va iqob berilganda banda “Menga ixtiyor berib imtihon qilganingda yaxshi ishlarni qilar edim” demasligi va “Men senga ixtiyor berdim va yaxshi yomonni payg‘ambarlarim orqali bildirdim lekin sen ular yo‘liga yurmading deb hujjat qoim qilishi uchundir. Alloh ular haqida bilganini taqdirga yozib qo‘yishi ularni shu ishga majbur qilishi degani emasdir. Ushbu misoldan ham bilmaganni bilish bilan imtixon qilishning farqi ma’lum bo‘ladi. Gunohni qilib Alloh taqdirimga shunday yozgan bo‘lsa, endi nega meni azoblaydi deyyuvchilar masalaning bir tomoniga qaraydilar. Ya’ni azob berish tarafiga qaraydilar. Ammo yaxshi ishni qilganiga nega savob beradi deyishmaydi. Demak inson masalani hamma tarafiga e’tiborni qaratmay faqat ba’zi jihatlarigagina ahamiyat berar ekan. Agar inson o‘zini qaysi jihatdan majbur va qaysi jihatdan ixtiyorli ekaniga qaraganida edi, bu xulosaga kelmagan bo‘lar edi. Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 19:08 | Savol-javoblar | 181 | Aqiyda