Rumolga ruxsat

Assalomu alaykum! Men kollejda o‘qiyman. O‘qishimda hijobli qizlar bor. Ular kollej hududida ro‘mollarini orqadan qilib o‘rab olishar edi, ammo tekshiruvchilar va ustozlar bunga qarshi. Ulardan kollej hududida ro‘mollarini butunlay echib qo‘yishlarini talab qilishyapti, lekin qizlar bunga rozi bo‘lishmiyapti. Kollej rahbariyati to‘g‘ri ish qilishyaptimi? Axir ko‘p joylarda ruxsat berildiku? Hijobli qizlarimiz qanday yo‘l tutishsin? Javobingizni telegramdagi sahifangizda kutib qolaman. Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Qonuniy tarafdan huquqingizni ham bilib oling. Musulmonlar ko‘p yashaydigan joyda o‘quv muassasalarning nizomi ham o‘quvchilarning vijdon erkinliklariga muvofiq bo‘lishi shart. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 12:00 | Savol-javoblar | 162 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar