Isrof
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, men xozirda Dubay shaxridaman. Bu erda bir restoranda oshpaz bo‘lib ishlayman va bu erda xar kuni juda ko‘p miqdorda toza taomlar tashlab yuboriladi. Men bu taomlarni tashlab yuborayotib ichimdan siqilaman, lekin ilojim yo‘q. Chunki bizga shunday buyruq bo‘lgan. Ya’ni ovqatlar eskiradimi eskirmaydimi xar kuni tashlab yuborib o‘rniga boshqa yangisini tayyorlash kerak. Bu erdagi xar kungi tashlab yuborilayotgan taomlarga bir kambag‘al oila 10 kun eyishi mumkin. Biz oshpazlarni bu ulkan gunoxga sherik bo‘lmayapmizmi? Agar ixtiyor o‘zimizda bo‘lganda u taomlarni tashlamasdan miskin kambag‘al odamlarga bergan bo‘lardik, afsuski bunga ruxsat yo‘q. Biz nima qilaylik ishlashimiz joizmi bu erda yoki boshqa ish topaylikmi? Nima qilishga boshimiz qotgan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Isrofga sherik bo‘lasiz. Nima qilish o‘zingizga havola. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 14:45 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Isrofga sherik bo‘lasiz. Nima qilish o‘zingizga havola. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 14:45 | Savol-javoblar | 153 | Dolzarb savollar