Tavba qilish

Assalomu alaykum! Men g‘alati bo‘lib o‘zimni o‘qitgani borgan edim. Qo‘limdan ushlab sehr qilishgan sizlarni muzlab qolasiz vosvos bo‘lasiz deb aytgandi. Men uni so‘zlariga o‘sha joyda ishondim, ko‘chaga chiqib tavba qildim va bergan qog‘ozini yoqib yubordim. Qaytib bormadim, faqat so‘zlashdik va meni o‘qimadi ham. Men qanday gunohkor bo‘ldim? Shu ishdan tavba qilsam qabul bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Astoydil tavba qilgan kishining tavbasini qabul qilishni Alloh va’da qilgan. Alloh va’dasiga xilof qilmasligi aniq, lekin bu bandaning tavbasi haqiqiy bo‘lishiga ham bog‘liq. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 15:11 | Savol-javoblar | 177 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar