Saudiya Arabistoni
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, meni anchadan beri bir narsa qiynab keladi. Nima uchun yurtimiz musulmonlari Saudiyaliklarga nisbatan nafrat bilan qaraydi? Vaholanki Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham arablardan, Qur’on arab tilida, qiblamiz ham o‘sha erda, Haj va Umra ibodatlari ham o‘sha erda. Ansorlarni yaxshi ko‘rish iymondan deb eshitgan edim. Nima uchun, hattoki imomlarimiz ham ularni yomonlaydi? Musulmonlarni bir biridan ajratish emasmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!Har bir musulmonning qalbida Makkai mukarrama va Madinai munavaraga, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga tegishli har bir narsaga, arab tilidagi har bir kitobga cheksiz muhabbati bor. Shu bilan birga Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xush ko‘rmagan fitnachilarni xush ko‘rmasliklari ham bor. Musulmon shaxs fitna va fasod nima nom bilan atalishidan qat’iy nazar, usha amalni yomon ko‘radi, uni islohiga urinadi. Bu nafrat Xudo uchun bo‘lgan nafratdir. Ummatning firqalanishligiga sabab bo‘lgan kishilarning ishlariga bo‘lgan nafratdir. Musulmonning biror bir musulmonning zotidan nafratlanishi mumkin emas. O‘zlarini nimalardir deb nomlab, qadami etgan joyda fitna qo‘zg‘atayotgani barchaga ma’lum bo‘lib turibdiku. Hatto Saudiya mamlakatining o‘zi ham ulardan bezor bo‘lishni boshladiku. Sizning savolingizdagi masala ham shu fitnaning bir ko‘rinishidir. Alloh taolo “Fath” surasida “o‘zaro rahmdildirlar”, “Moida” surasi 54-oyatida “Ular mo‘minlarga xokisor, kofirlarga qattiqqo‘l” deb marhamat qilgan. Kim qanday bo‘lsa ham siz ushbu oyatdagi narsani targ‘ib qilishga harakat qilavering. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 16:24 | Savol-javoblar | 166 | Dolzarb savollar