Qahri qul

Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatuh.Hazrat men 1 tanishimdan Qahri qul degan duoni har kun 7 marta o‘qib o‘ziga dam solib yursa balo qazolardan asraydi deb eshitib qoldim. Men bu duo haqida uncha malumot to‘play olmadim. Savolim: 1. bu duoning mazmuni haqida qisqacha malumot bersangiz iloji bo‘lsa. 2. bu duoni shunday kuniga 7 marta o‘qib o‘ziga dam solib yursa bo‘ladimi? 3. agar bo‘lmasa balo qazolardan yomon ko‘zlardan sehr jodudan asrashi uchun qaysi duolarni o‘qib dam solib yurganimiz maqul?Olloh hammamizdan rozi bo‘lsin. Hammamizga ham 2 dunyo saodatini ado etsin. Omin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
1. Menda bu haqda ma’lumot yo‘q.2. Bo‘lmaydi. Chunki, bu duoning kimdir to‘qigan bo‘lishi mumkin.3. Chor qul deb ataladigan suralar, Oyatul Kursiyga o‘xshash Qur’oni Karimdan bo‘lgan sura va oyatlarni o‘qib dam solib yuriladi.
21 Aprel 2022, 06:09 | Savol-javoblar | 55 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar