Jin tegishi haqida
Mening singlim mana 6 yildirki jin tegish kasali bilan og‘riydi. Ko‘p domlalarga o‘qitdik, o‘qitgandan so‘ng yaxshi bo‘ladi, vaqt o‘tishi bilan (2-3 kun) yana o‘sha holatiga, ya’ni o‘zidan ketish, tik turgan holatida erga yiqilishi boshlanadi. Kasalxonalarda zamonaviy asbob uskunalar yordamida tekshirtirdik hech qanday kasallik aniqlanmadi, sog‘lom deyishdi. Singlim o‘rangan, 5 vaqt ibodatta qoim, Allohga shukr. O‘zi ham qiynalib ketdi. 2-3 bor o‘zini osishga ham harakat qildi, buni o‘zi bilmagan holda qilgan. O‘zini bilmay qolgan vaqtda ba’zi vaqti gapiradi. Shunday holatlarning birida men gaplashdim, jin ekan. Ismini ham aytgan edi yodimda qolmagan. Ular juda ko‘pchiligini va ketmasligini aytdi. Men unga bu tanaga qaydan kelding desam Otamni (Alloh rahmat qilsin) ismini aytdi, shundan o‘tdim deb. Men unga kuydiraman desam seni kuching etmaydi dedi. Singlim o‘ziga kelgach undan so‘rasam hech narsa bilmaydi. Savol: Ustoz maslahat bering, nima qilsak singlim bu darddan forig‘ bo‘ladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Buni gapiraverib charchadik. Alohida kitob yozib chiqargan bo‘lsam ham tinch qo‘ymaysizlarmi?!
30 Aprel 2022, 18:57 | Savol-javoblar | 204 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Buni gapiraverib charchadik. Alohida kitob yozib chiqargan bo‘lsam ham tinch qo‘ymaysizlarmi?!
30 Aprel 2022, 18:57 | Savol-javoblar | 204 | Turli savollar