Qaynonalarimiz haqida
Assalomu-alaykum!Mening savolim shundan iboratki, muqaddas dinimizda qaynonalar va kelinlar haqida qanday hukm yuritiladi, ya‘ni qaynonaning kelin oldida qanday diniy huquqi va majburiyati, yoki aksincha, kelinning qaynona oldida qanday huquqi va vazifasi yoki burchi bor, chunki ayrim qaynonalarimiz kelinlarimizga nisbatan biroz qattiqqo‘llik qilishayotganini har qadamda uchratish mumkin, yoki aksincha, qaynonalarini hurmat qilmaydigan, erini onasidan sovutguvchi kelinlarimiz ham talaygina. O‘zi soppa-sog‘ bo‘la turib, qaynonalarimiz kirlarini kelinga yuvdirishi to‘grimi? Ishlaydigan kelinga "ham hizmatimni qilasan, ham oyligingni olib kelib berasan" deyishchi? Men avval qishloqda yashaganimda qaynonam "kelinsan, kechasi suv olib kelasan desam, kerak bo‘lsa olib kelasan" derdilar, shunday deyishga diniy haqqilari bormi? U paytda turmush o‘rtogim chet elda edilar. Men o‘shanda " men ham kimningdir jondan aziz bolasiman, hech qachon suv olib kelish uchun kechasi tashqariga chiqmayman" deb javob berganman. To‘g‘risi, o‘qituvchi bo‘lganim uchunmi, yoki tabiatan urushqoqmanmi, bilmadim, lekin qaynonamning ko‘p gaplari va talablaridan mantiq topolmasdan ko‘p urushib qolganman. Hech qachon hatto ishimga borib kelish uchun yo‘lkira bermagan qaynonamning oyligimni so‘rashi ensamni qotirar edi. "Seni Onangga aytib beraman" deganda " kerak bo‘lsa 10 marta aytib bering, onam meni sizdan ko‘ra yaxshi biladilar" deb urishganman. 3ta ovsin ahil-inoq bir hovlida yashaganmiz, ovsinlarim bilan hech qachon urishmaganman, bir-birimizni hurmat qilardik, qaynonam " senlar ishni bir-biringga sensala qilasanlar‘‘ deyishiga hayron bo‘lardim. Bazida urishganim uchun o‘zimni aybdor hisoblayman. Shuning uchun qaynona va kelin masalasida diniy tomondan to‘liq habardor bo‘lmoqchi edim. Hurmatli Shayx janoblari, iltimos, shu masalada menga to‘liq ma‘lumot bering. Sizga oldindan rahmat, Olloh sizdan rozi bo‘lsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Muqaddas hisoblangan nikoh robitasi sharafidan er-xotinning har birining ota-onalari va qarindoshlari ikkinchisiga ham ota-ona va qarindoshga aylanadi. Shu bois qaynona va qaynotaga yaxshilik qilish er-xotindin har biriga xuddi ota-onaga yaxshilik qilishdek burchga aylanadi. Xotinning qarindoshlariga silai rahm qilish erga qanchalik lozim bo‘lsa, erning qarindoshlariga silai rahm qilish xotinga ham shunchalik lozim bo‘ladi. Adolat yuzasidan aytishimiz lozimki, bu borada haddidan oshganlar ham yo‘q emas. Xotinni cho‘ri o‘rnida ko‘radiganlar ham oz emas. Ba’zi qaynonalar kelinlarga, menga cho‘ri bo‘lsan, yurasan, bo‘lmasa, ketasan deganlari ham, sir emas. Albatta, bu darajaga etib borish kerak emas.Xotin o‘z eriga yaxshilik qilishi sirasiga uning ota-onasiga va boshqa qarindoshlariga yaxshilik qilishi ham kiradi. Zotan er ularga yaxshilik qilish shariatning talabi. Ota-onaga yaxshilik qilish va qarindoshlarga silai rahm qilish qanchalik ahamiyatga ega ekanini har bir musulmon yaxshi yaxshi biladi. Kelin kuyovlar ham bir-birlarining ota-onalarini va qarindoshlarini xuddi o‘z ota-onalari va qarindoshlari kabi ko‘rishlari, hurmatlarini joyiga qo‘yishlari va ularning roziliklarini topishga g‘ayrat qilishlari lozim. Aksincha, qaynona va qaynotalar ham o‘zlarining kelin va kuyovlarini xuddi o‘zlarining farzandlaridek ko‘rishlari zarur. Albatta, ularga tegishli bo‘lgan barcha qarindoshlarning bir-birlari bilan bo‘ladigan munosabatlari ham shunga qarab olib borilishi kerak.Anashunda nikohdan ko‘zlangan eng katta manfaatlardan biri jamiyatdagi urug‘lar, qabilalar va qavmlarni qarindoshlarga aylantirish orqali jamiyat a’zolari orasidagi o‘zaro jipslik va hamkorlikni ziyoda qilishga erishiladi.
30 Aprel 2022, 22:37 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar