xufton namozining oxirgi vakti

ustoz xufton namozining oxirgi vakti xakida ixtilof kilinvotti.shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz,dalillari bilan.Allox sizdan rozi bulsin.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Dunyoda ixtilof qilib bo‘lmaydigan vaqt bitta bo‘lsa, Xuftonning oxirgi vaqti bo‘lar edi. Chunki, namoz vaqtiga oid barcha shar’iy matnlarda va kitoblarda “Xuftonning oxirgi vaqti fajrgachadir, ya’ni tong otgunchadir, deyilgan. Bu haqda qanday ixtilof bo‘lishi mumkinligi, aqlga sig‘maydi. Ammo savol berilgandan keyin yana nima deyish mumkin. Ehtimol, sizlar boshqa narsada ixtilof qilayotgandirsizlar?

21 Aprel 2022, 06:20 | Savol-javoblar | 178 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar